AsosiyJamiyat
4673

Toshkentda kurilayotgan binoning 3-qavatida yong`in sodir bo`ldi

'Toshkentda kurilayotgan binoning 3-qavatida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahrida sodir bo`lgan yong`inda insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi.

2019 yil 14 dekabr kuni soat 16:23da, Olmazor tumani, Qorasaroy ko`chasi 314a-uyda yangi qurilayotgan ma`muriy binoning 3-qavatida karton qutilarida yoritish chiroqlari 10 kv.m. maydonida yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 16:28da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 16:42da bartaraf etilgan.

Yong`in sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida sodir bo`lgan, deb tahmin qilinmoqda. Yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 4 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.

  Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek, fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar