Andijon viloyati IIB PPX va JTSB JTSB bataloni xodimlari, safdorlar Muhammadjon Azimov va San`atbek Tojiboev piyoda patrul naryadi tarkibida xizmat olib borayotganida tungi soat 2.00 bo`lib qolgandi. Birdan naryad boshlig`i safdor M. Azimov sherigiga yuzlandi:
– Sezyapsanmi, kuyindi hidi kelyapti?
– Balki xazon tutayotgandir? – taxmin qildi S. Tojiboev.
Sergaklikni kuchaytirgan naryad yo`lda davom etdi. Ichki sezgi osoyishtalik posbonlariga pand bermagan edi: Pushkin ko`chasidagi 16-uyning panjara o`rnatilgan derazasi darchasidan quyuq tutun buralib chiqardi.
– Rasiya orqali navbatchilik qismiga xabar qil! – buyurdi safdor M. Azimov sherigiga, o`zi esa darvozani taqillata boshladi. Eshikni hech kim ochmasdi. Bu orada safdor S. Tojiboev PPX batalonining navbatchilik qismiga hodisa yuzasidan xabar qildi.
Osoyishtalik posbonlari eshikni bir amallab ochishga muvaffaq bo`lishdi. Uyning hovlisi va asosiy imoratlar olov ichida qolgandi.
PPX xodimlari dadil harakat qilib tutun bilan qoplangan hovliga kirishdi, tashqariga qaragan xonalarning eshiklarini taqillata boshlashdi. Shu payt bir yigitcha javob qaytardi.
– Nima bo`ldi? – so`radi u uyquli ko`zlari bilan xizmat kiyimidagi xodimlarga hayratlanib qararkan.
– Uyingizda yong`in sodir bo`lgan, oilaning boshqa a`zolarini ham uyg`oting!
Xodimlar sanoqli daqiqalar ichida ikki bolani tashqariga olib chiqishdi. Oilaning qolgan a`zolarini qutqarish maqsadida yonayotgan uyning hovlisiga qaytishga urinishdi, ammo o`tish yo`lini ham alanga qoplab olgandi.
Vaqtni yo`qotishni halokatli ekanini his qilgan xodimlar qo`shnilarning eshigini taqillata boshladi. Ulardan narvon olib, gurillab yonayotgan uyga tom orqali oshib tushishdi. Osoyishtalik posbonlari yong`in o`chiruvchilar kelgunga qadar qo`shni uyning tomiga tiralgan narvon orqali ikki nafar voyaga etmagan bolani va eru xotinni qutqarishga ulgurishdi.
Hodisa joyiga etib kelgan o`t o`chiruvchilar guruhi o`n daqiqa ichida yong`inni bartaraf etishdi. Xodimlarning aniq va professional darajada amalga oshirgan sa`y-harakatlari bilan barcha oila a`zolarining hayoti saqlab qolindi.
Osoyishtalik posbonlari o`sha mushkul vaziyatda o`z hayotlari haqida o`ylamaganini, na sarosima, na qo`rquvni his etishganini, eng muhimi, odamlarni qutqarish o`yi bilan harakat qilganini e`tirof etishdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yuz bergan yong`in elektr tarmog`idagi qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqani aniqlandi.
Xo`sh, jasorat ko`rsatgan qahramonlarimiz kimlar edi?
Safdor Muhammadjon Azimov Andijon tumanida tug`ilgan. Andijon aloqa kasb-hunar kollejini tamomlab, ishlab chiqarish sohasida mehnat qilgan. 2015 yilda Andijon viloyati IIB PPX va JTSB PPX batalonida xizmatni boshlagan. U ustozi serjant Muzaffar Ochildievning ko`magi bilan tajriba to`pladi. Rafiqasi Bahridilxon bilan birgalikda ikki yoshli o`g`li Azizbekni tarbiyalashmoqda.
Safdor San`atbek Tojiboev Marhamat tumanida tavallud topgan. Ichki ishlar organlarida 2016 yildan buyon xizmat qiladi. U Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga bo`shatilgan otasining izidan borishni, harbiy bo`lishni orzu qilardi.
Safdorlar M. Azimov va S. Tojiboev yong`in chog`idagi o`z harakatlarini qahramonlik deb hisoblashmaydi: «Insonlarga yordam berish burchimiz. O`rnimizda bo`lgan har qanday xodim shunday yo`l tutgan bo`lardi...».
Hikoyamiz qahramonlari – oddiy yigitlar, patrul-post xizmati batalonida ular kabi ko`plab xodimlar faoliyat yuritadi.
– Bo`linma shaxsiy tarkibi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash bo`yicha mas`uliyatli vazifalarni bajaradi, – deydi Andijon viloyati IIB PPX va JTSB boshlig`i, podpolkovnik Muhammadjon Nishonov. – Yuqori darajadagi tayyorgarlik, kasbiy mahorat tufayli xodimlar o`z zimmasidagi vazifalarni sharaf bilan ado etishmoqda.
Suratda: Andijon viloyati IIB PPX va JTSB PPX bataloni xodimlari, safdorlar M. Azimov va S. Tojiboev.
Manba; "Postda.uz"
01.02.2023, 09:59
Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...21.12.2022, 09:11
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida qizlar o`rtasida janjal yuz bergani aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, 7...29.11.2022, 21:08
Andijonda yuz bergan avtohalokat oqibatida jabrlanganlardan yana biri vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 26 noyabr kuni A-373 Toshkent-O`sh-Andijon avtomagistralining 389-390-kilometrlari oralig`ida "Isuzu"...29.11.2022, 18:20
O`zgani qo`rqitish orqali pul talab qilgan shaxs qo`lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, Samarqand tumanida yashovchi 1997 yilda tug`ilgan...