1

Haftaning e`tiborli janglari

Sport 30.01.2015, 15:10
Haftaning e`tiborli janglari

Joriy hafta yakunida boks olamida eng kuchli sportchilar ringga chiqmasa-da, bir qator janglarni alohida e`tirof etib o`tsa bo`ladi. Aynan ushbu ma`lumotlar olamsport.com nashri tomonidan keltirib o`tildi.

30 yanvar, juma
AQShda mahalliy bokschi Karl Dargan va kanadalik Toni Luis engil vaznda reyting jangida ringga tushishadi. Ushbu bokschilar hozircha yaxshi natijalarga erishib kelishmoqda. Jangda Darganning imkoniyati yuqoriroq baholanyapti.
AQSh, Mashantaket, "Foksvud Kazino Rezort"
Engil vazn reyting jangi
Karl Dargan [17-0-0, 9"> - Toni Luis [18-2-0, 7">

31 yanvar, shanba
Sidneyda esa yangi zelandiyalik ikki bokschi Bill Uilyams va Chonsi Velliver o`zaro jang qiladi. Superog`ir vaznda Uilyams yangi iqtidorlardan biri sifatida aytilmoqda. Velliver profi ringda 70 jangda ishtirok etib ulgurgan.
Avstraliya, Sidney, "Olfouns Arena"
Superog`ir vazn reyting jangi

Sonni Bill Uilyams [6-0-0, 3"> - Chonsi Velliver [55-10-5, 22">
Polshaning Torun shahrida og`ir vaznda polshalik Kshishtof Glovaskiy albaniyalik Nuri Seferiga qarshi ringga tushadi. Glovaskiy 23 jangning barchasida g`alaba qozongan. Uning og`ir vazndagi kelajagi ijobiy baholanyapti.
Polsha, Torun
Og`ir vazn reyting jangi

Kshishtof Glovaskiy [23-0-0, 15"> - Nuri Seferi [36-6-0, 20">
Londonda engil vazn WBC Silve vakant tituli uchun britaniyalik Kevin Mitchell meksikalik Daniel Estradaga qarshi ringga chiqadi. Bokschilar hozircha yaxshi natijalarga erishib kelishgan. G`olib chiqqan bokschi keyinchalik chempionlik jangida qatnashish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Buyuk Britaniya, London, "O2 Arena"
Engil vazn WBC Silver chempionlik jangi
Kevin Mitchell [38-2-0, 28"> - Daniel Estrada [32-3-1, 24">

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1