1

O`FF Janubiy Koreyaga qarshi o`yinda yuzaga kelgan mojaro yuzasidan tegishli chora ko`radi

Sport 02.02.2015, 10:17
O`FF Janubiy Koreyaga qarshi o`yinda yuzaga kelgan mojaro yuzasidan tegishli chora ko`radi

O`zbekiston futbol federasiyasi Tailandda davom bo`lib o`tayotgan “Qirol Kubogi” musobaqasi doirasidagi O`zbekiston U-22 – Janubiy Koreya U-22 terma jamoalari o`rtasidagi o`yinda yuzaga kelgan mojaro borasida tegishli chora ko`radi. Bu haqida O`FF rasmiy tvitteri xabar bermoqda.

“O`FF Tailanddagi “King's Cup” xalqaro turnirida O`zbekiston - Koreya jamoalari o`rtasidagi o`yinda yuzaga kelgan mojarodan xabardor. Ushbu mojaro yuzasidan O`FF Koreya Futbol Uyushmasi bilan telefonda suhbatlashdi.

O`FF Terma jamoalar markazi ushbu masala yuzasidan futbolchi va O`zbekiston U22 murabbiylar shtabi bilan gaplashadi va tegishli chora ko`radi.

Shu bilan birga ushbu mojaroning Koreya Futbol Uyushmasi bilan o`rnatilgan yaxshi aloqalarga ta`sir qilmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni ko`radi.”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvda O`zbekiston olimpiya terma jamoasi himoyachisi Toxir Shamsitdinov raqib futbolchisining yuziga bir necha bor musht tushirgandi.

 

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1