1

Terri Anri: Men «Arsenal»ni tashlab «Barselona»ga o`tayotganimda yig`laganman

Sport 02.02.2015, 09:20
Terri Anri: Men «Arsenal»ni tashlab «Barselona»ga o`tayotganimda yig`laganman

"Barselona" va "Arsenal" klubilari sobiq hujumchisi Terri Anri 2007 yilda London jamoasidan Kataloniyaga ko`chib o`tayotgandagi his-tuyg`ulari haqida gapirib berdi.
"Men hech qachon "Arsenal"dan ketaman, deb o`ylamagandim. O`shanda 29 yoshda edim va jismoniy holatim ham joyida edi.

Ko`plab futbolchilar jamoani tark etishdi. O`z navbatida men Arsen Venger ham ketib qolsa kerak deb hadiksiradim.
Shuning uchun Kataloniyaga o`tishga qaror qilganman. "Arsenal"ni tark etayotib ko`z yoshlarimni tiya olmagandim.

Bu haqida gapirishdan uyalmayman", - deydi beIN Sports nashri Anri so`zlarini keltirib.

Manba: www.sport-express.ru   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1