1

O`zbek tadbirkorlari Fransiyada qo`shma korxona ochmoqchi

Iqtisodiyot 21.12.2019, 12:43
Teglar: tadbirkor, korxona. Fransiya
O`zbek tadbirkorlari Fransiyada qo`shma korxona ochmoqchi

“BMB Trade Group” shirkati bosh ofisida kompaniya rahbari Bekzod Mamatqulov va “Advantage Central Asia” kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Rodin Fransiyada O`zbekistonda etishtirilgan quritilgan meva va sabzavotlarni qadoqlash bo`yicha qo`shma korxona tuzish bo`yicha kelishuv imzoladilar. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda .

Qadoqlangan mahsulotlar keyinchalik Evropa bozorlarida sotilishi mo`ljallanyapti.

Bekzod Mamatqulovning so`zlariga ko`ra, kelasi yilning 17 aprelida Fransiyaga 480 ming evrolik quritilgan meva va sabzavotlarining birinchi partiyasi etkazib beriladi.

Joriy yilning noyabr oyida O`zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi yordamida “ BMB Trade Group ” “Advantage Central Asia” bilan hamkorlikda marketing tadqiqotlari o`tkazgan. Tadqiqot natijalariga ko`ra, kelgusi yillarda Evropa bozorlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab muntazam oshadi.

Kelgusi yilda O`zbekistonda qishloq xo`jalik mahsulotlari eksporti $2,5 mlrdga etkazish vazifasi qo`yilgan, kelgusi 3 yilda esa $5 mlrdga. Bu vazifani amalga oshirish uchun Rossiya, Xitoy, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha, Gresiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Vetnam va Indoneziya kabi davlatlar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1