1

O`zbekistonlik hakamlar ilk bor Turkiyada yig`in o`tkazmoqda

Sport 02.02.2015, 14:31
O`zbekistonlik hakamlar ilk bor Turkiyada yig`in o`tkazmoqda

O`zbek klublari mavsum oldidan xorijda yig`in tashkil etishi odat tusiga kirib bormoqda. Bu yil O`FF hakamlar departamenti tashabbusi bilan o`zbekistonlik hakamlar ilk bor xorijda yig`in o`tkazishmoqda. Bu yig`in doirasida hakamlarimiz Turkiyada o`tkaziladigan o`rtoqlik uchrashuvlarida ishlashadi va o`z tajribalarini oshirishadi. Barcha xarajatlarni O`FF qoplaydi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Quyidagi 10 nafar bosh hakam Turkiyadagi yig`inni boshlab yuborishdi: Vladislav Seytlin, Ilgiz Tantashev, Olim Tolibjonov, Hasan Ro`ziev, Temur To`xtasinov, Rustam Bobomurodov, Baxtiyor Namozov, Aziz Asimov, Dmitriy Pisligin, Marat Muhammedov.

Ular bilan birga 17 nafar qanot hakami yig`inda ishtirok etmoqda. Osiyo Kubogida ishtirok etgan Ravshan Ermatov va Abdulhamidillo Rasulov esa ertaga Turkiyaga etib borishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1