1

O`zbekiston Futbol Federasiyasi “qirol kubogi”da o`zbekistonlik futbolchilar keltirib chiqargan noxush vaziyatlar uchun uzr so`radi

Sport 03.02.2015, 13:53
O`zbekiston Futbol Federasiyasi “qirol kubogi”da o`zbekistonlik futbolchilar keltirib chiqargan noxush vaziyatlar uchun uzr so`radi

O`zbekiston olimpiya terma jamoasining a`zolari Tohir Shamsiddinov va Jaloliddin Masharipovlarga chora qo`llaniladi. Murabbiylar shtabi bilan esa tushuntirish ishlari olib boriladi.

O`zbekiston Futbol Federasiyasi Tailandda bo`lib o`tayotgan «Qirol Kubogi» xalqaro turnir tashkilotchilari va Koreya Futbol Uyushmasiga rasmiy xat yozib, 1 fevral kuni bo`lib o`tgan O`zbekiston - Janubiy Koreya (0:1) uchrashuvida o`zbekistonlik futbolchilar keltirib chiqargan noxush vaziyatlar uchun uzr so`radi.

“O`zbekiston Futbol Federasiyasi terma jamoalari rahbariyat ushbu vaziyat yuzasidan majlis chaqirdi va mazkur mojarolarni keltirib chiqargan ikki futbolchiga tegishli chora ko`rilishi haqida qaror qabul qildi”, - deyiladi maktubda.

Shu bilan birga ushbu mojaroning Tailand va Koreya Futbol Uyushmalari bilan o`rnatilgan yaxshi aloqalarga ta`sir qilmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni ko`riladi, deya xabar qiladi O`zbekiston Futbol Federasiyasi rasmiy sayti.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1