1

Tennis. O`zbekiston – Gonkong 3-0

Sport 05.02.2015, 13:38
Tennis. O`zbekiston – Gonkong 3-0

O`zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyning Guanchjou shahrida start olgan “Fed Cup” musobaqasining Osiyo – Okeaniya mintaqasi dastlabki saralashidagi ishtirokini g`alaba bilan boshladi. Dmitriy Tomashevich boshchiligidagi terma jamoamiz Gonkong terma jamoasini 3-0 hisobida mag`lub etdilar. Bu haqda olamsport.com nashri xabar qiladi. 

Hamyurtlarimiz Oqgul Omonmurodova Xo Ching Vuni 7-5, 6-4, Nigina Abduraimova Ling Jangni 7-6 (3), 7-6 (3) hisobida mag`lub etdi. Juftliklar bahsida Arina Fols hamda Sabina Sharipovadan iborat duet Man Ying va Chun-Ving Sherdan 6-3, 6-7(2), 6-4 hisobida ustun kelishdi. 

Bugun terma jamoamiz “Guangdong Olympic Tennis Centre” kortida Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi. Koreyaliklar ilk bahsda Yaponiya terma jamoasiga 0-3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi Yaponiya, Gongkong va Janubiy Koreya bilan bir guruhdan joy olgan bo`lsa, ikkinchi guruhda Tailand, Qozog`iston, Xitoy va Xitoy Taypeyi terma jamoalari o`zaro bahs olib borishyapti. Guruhlarda g`olib chiqqan jamoalar o`zaro kurash orqali Fed Cup musobaqasi World Group II Playoff bosqichiga chiqadigan jamoani aniqlab berishadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1