Urugvaylik baliqchilar og`irligi 123 kg. uzunligi esa 1,5 metr keladigan katta skat balig`ini tutib olishdi va o`ziga xos milliy rekordni qayd etildi. Bu haqda TASS xabar beradi.
Skat baliqchilar to`riga sohildan taxminan bir kilometr uzoqlikda ilingan hamda uni qayiqqa chiqarib olish uchun uchta baliqchi ter to`kishlariga to`g`ri kelgan va baliqni qayiqqa chiqarishlari bilan uning dumidagi zaharli nayzasini zararsizlantirilgan.
“Bizga omad kulib boqdi, chunki bir necha kundan beri ovdan quruq qaytayotgan edik”, deydi baliqchilardan biri.
Urugvaylik biolog va taniqli teleboshlovchi Karlos Prixioni muallifligidagi ko`rsatuv davomida bu yangilikdan tomoshabinlarni xabardor qilgan hamda gap haqiqiy milliy rekord haqida ketayotganini ta`kidlab o`tgan. Uning so`zlariga ko`ra, baliqchilar to`riga bunday o`lchamlardagi skat anchadan beri tushmayotgan edi. Oxirgi marta tutilgan yirik skatning og`irligi 114 kg, uzunligi esa 1,1 metrni tashkil qilgan. Prixioni baliqchilardan olimlar tutilgan skatning genetik tahlilini o`tkazishlari uchun uning kichkina bo`lagini muzlatib qo`yishni iltimos qildi.
Ta`kidlash joizki, teleboshlovchi baliqchilarga o`z vaqtida murojaat qilgan, chunki ular vaqtni bekorga ketkazmay, undan taom pishirishni mo`ljallamoqdalar. Baliqchilarning hisob-kitoblariga ko`ra, bu yirik skatdan 80-90 kg miqdoridagi milancha kotlet tayyorlasa bo`ladi. Bu taom Urugvay va qo`shni davlatlar aholisining sevimli milliy taomi hisoblanadi.





