1

Ronaldu Angliya Premer-Ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi

Sport 06.02.2015, 11:48
Ronaldu Angliya Premer-Ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu muxlislar so`roviga ko`ra, Angliya Premer-Ligasi tarixidagi (APL 1992 yilda tashkil etilgan) eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda The Daily Mirrorga asoslanib, kun.uz xabar beradi.

Portugaliyalik futbolchiga bu borada “Arsenal”ning sobiq hujumchisi Terri Anri raqobat qilgan, Ronaldu so`rovnomada qatnashganlarning 24 foizi, fransuzga esa 18 foizi ovoz berishgan.

Ma`lumot uchun, “Manchester Yunayted” safida olti mavsum davomida to`p surgan portugaliyalik futbolchi klub safida 292ta uchrashuvda darvozalarga jami 118ta gol urgan va ajoyib o`yinlari bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan. Ronaldu “MYu” safida uch marta Angliya chempioni, Angliya Kubogi, ikki marta Angliya Ligasi va Angliya Superkubogida g`alaba qozongan. Shuningdek, 2008 yilda Evropa Chempionlar Ligasida g`alaba qozongan va shu yili dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida e`tirof etilgan edi.

Angliya Premer-Ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchilar o`ntaligi:
1. Krishtianu Ronaldu – 24 foiz
2. Terri Anri – 18 foiz
3. Rayan Giggz – 13 foiz
4. Alan Shirer – 12 foiz
5. Erik Kantona – 12 foiz
6. Stiven Djerrard – 10 foiz
7. Dennis Bergkamp – 5 foiz
8. Djanfranko Dzola – 3 foiz
9. Roy Kin – 2 foiz
10. Patrik Vieyra – 1 foiz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1