AsosiyShou-biznes

Pol Gogen qalamiga mansub surat 300 million dollarga sotildi

Pol Gogenning ikki taitilik ayol tasvirlangan “Nafea Faa Ipoipo” (“Sen qachon turmushga chiqasan?”) deb nomlanuvchi surati 300 mln dollarga sotildi, deb xabar beradi kun.uz nashri The New York Times ma`lumotlariga tayanib.

Bu suratning egasi shveysariyalik kolleksioner Rudolf Shtexelin surat sotilganini tasdiqladi. Gazetaning xabar berishicha, surat Qatar muzeylari uchun san`at asarlarini sotib olish bilan shug`ullanadigan Qatar Museums tashkilotiga sotilgan. Natijada, ushbu surat dunyodagi eng qimmatbaho tasviriy san`at asariga aylandi.

Ma`lumot uchun, 1892 yilda chizilgan bu surat Shveysariyaning Bazel shahridagi Tasviriy sanat muzeyida 50 yildan ko`proq saqlangan. Bazel shahri meri Gay Morinning so`zlariga ko`ra, bu Bazel uchun sezilarli yo`qotish bo`ldi.

Suratning yangi egalari suratni faqatgina 2016 yilning boshida qo`lga kiritishadi, shundan so`ng, surat Madrid va Vashingtonda ko`rgazmaga qo`yiladi.

Pol Gogen – mashhur fransuz rassomi bo`lib, XIX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan. Taitida 8 yildan ko`proq yashagan Gogen postimpressionizm yo`nalishining eng yirik namoyandalaridan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar