Astraxan viloyatida mutaxassislar ikki o`rkachli Baqtriya tuyalarining yangi naslini yaratishdi. Bu haqda uz24.uz interfax.ru ma`lumotlari asosida xabar bermoqda.
Tuyalarning yangi naslini yaratishda Butun Rossiya yilqichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Astraxan naslchilik xo`jaligi shug`ullanmoqda. Tuyalarning bo`yi baland, jundor bo`lib, +50 daraja issiq va -50 daraja sovuq havo haroratiga chidamli hamda yuqori immunitetga ega
Baqtriya tuyalaridan yangi nasl olish ishlari XX asr boshida boshlangan edi. 1936 yilda Elistda nasldor tuyalarni etishtiradigan davlat xo`jaligi ochilgan va u Ulug` Vatan urushi davrida Astraxan viloyatiga ko`chirilgan. Hozir bu hududda ikki o`rkachli tuyalar ko`paytirilmoqda. Viloyatda tuyalarning soni 4 mingdan ziyod boshni tashkil etadi.





