1

Yo`lovchi Kolumbiyaga tegishli yonayotgan samolyotning qo`ndirilishini tasvirga oldi (video)

Dunyo 09.02.2015, 08:45
Yo`lovchi Kolumbiyaga tegishli yonayotgan samolyotning qo`ndirilishini tasvirga oldi (video)

Kolumbiyaning Viva Colombia aviakompaniyasiga tegishli samolyot parvozi falokat bilan tugashiga bir bahya qoldi. Parvoz paytida samolyotning qanoti yonib ketdi va samolyotni erga qo`ndirilib, yong`inni o`chirishga muvaffaq bo`lindi, deb xabar beradi «Kun.uz».

Yo`lovchilarning so`zlariga ko`ra, samolyot mamlakat poytaxti Bogotadagi aeroportdan havoga ko`tarilishi bilanoq yong`in boshlangan. Guvohlar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan lavhalardan samolyotning o`ng qanoti alanga ichida qolganini ko`rish mumkin.

Samolyot bortida sarosima boshlangan. Yo`lovchilar vahima ichida qolgan. Ulardan ko`pchiligi omon qolishdan umidini uzgan. «Bolalar yig`lardi. Odamlar nima qilishni bilmay karaxt edi. Uchuvchi turbinada portlash sodir bo`lganini aytdi, — deb ushbu holatni tasvirlab berdi yo`lovchilardan biri. — Bundan keyin yo`lovchilar samolyot pastlayotganini his qila boshladi. Xayriyatki, vaziyat samolyot ekipaji nazoratidan chiqib ketmadi, uchuvchi samolyotni muvaffaqiyatli qo`ndirishning uddasidan chiqdi».

Mahalliy OAVlarning yozishicha, aeroportda samolyotni o`t o`chiruvchilar va tez tibbiy yordam xodimlari kutib turgan. Barcha yo`lovchilar evakuasiya qilingan, hech kimga tibbiy yordam ko`rsatishga hojat bo`lmagan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, laynerning o`ng dvigateli ishlamay qolgan. Aviakompaniya uchuvchilarning har 6 oyda avariyaviy vaziyatlarni sinovdan o`tkazilishini ta`kidlab o`tdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1