Bill Geyts Microsoft’ning 1,5 milliard dollarlik aksiyalarini xayriyaga sarfladi

Dunyo 09.02.2015, 09:01
Bill Geyts Microsoft’ning 1,5 milliard dollarlik aksiyalarini xayriyaga sarfladi

Microsoft asoschisi Bill Geyts korporasiyaning bir qism aksiyalaridan qutildi, deya xabar bermoqda kun.uz nashri Bloomberg axborot agentligiga asoslanib.

Xabar berishlaricha, Bill Geyts umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga yaqin bo`lgan 31 millionta aksiyani Bill and Melinda Gates xayriya jamg`armasi investisiyalarini boshqaruvchi Gates Foundation Asset Trust kompaniyasiga taqdim etgan.

Natijada Bill Geytsning Microsoft’dagi aksiyalar ulushi 3 foizgacha qisqargan. E`tiborli tomoni, u har chorakda taxminan 20 milliontadan Microsoft aksiyalarini sotib, xayriyaga sarflamoqda. Agar Geyts aksiyalarni sotish bo`yicha shu sur`atni saqlab qolsa, to`rt yilda unda birorta ham Microsoft aksiyasi qolmaydi.

Ma`lumot uchun, 2015 yil yanvarida Bill va uning turmush o`rtog`i – Melinda Geytsga tegishli xayriya tashkiloti qashshoq mamlakatlardagi bolalar vaksinasiyasi va immunizasiyasi uchun 1,55 milliard dollar ajratgan edi.

Bundan avvalroq, 2014 yilning sentyabrida esa jahonning eng badavlat odami (Bloomberg Billionaires Index ma`lumotlariga ko`ra, uning boyligi 82,9 milliard dollarga teng) Ebola virusiga qarshi kurash uchun 50 million dollar ajratgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1