1

Bugun aktyor G`ani A`zamovning tug`ilgan kuni

Madaniyat 07.01.2020, 12:50
Bugun aktyor G`ani A`zamovning tug`ilgan kuni

O`zbekiston xalq artisti G`ani A`zamov 1909 yil 7 yanvarda Toshkent shahrida tug`ilgan.

G`ani A`zamov mehnat faoliyatini tramvay haydovchiligidan boshlagan. Avvaliga katta sahnalarda kichik epizodik rollar ijro etib, asta-sekin san`at olamiga kirib kelgan.
 

U ijodiy faoliyati davomida izlanishdan to`xtamagan, mahoratli ustozlardan doimiy ravishda san`at sirlarini o`rganib borgan. O`z ustida tinimsiz ishlashi natijasida mukammal obrazlar yaratishga erishib, tomoshabinlarning mehriga sazovor bo`ldi.

G`ani A`zamov nafis, go`zal obrazlar yaratish bilan birga, qat`iy obrazlarni jumladan, “Alisher Navoiy” spektaklida, “Haqiqiy sevgi” pesasida, Shekspirning “Ikki veroniyalik” komediyasida asosiy obrazlarni gavdalantirgan. U o`ynagan rollar professional aktyorlik mahoratining ajoyib namunasi hisoblanadi.

Oybekning “Qutlug` qon” asaridagi Qamar, Sarvar Azimovning “Qonli sarob” asaridagi Omonyor, Erkin Vohidovning “Oltin devor” komediyasidagi Mo`min siymolarini G`ani A`zamovsiz tasavvur qilib bo`lmaydi.

Mashhur o`zbek kino va teatr aktyori G`ani A`zamov 2001 yil vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1