1

Velotrek. Hamyurtimiz Timur Gumerov Osiyo chempioni!

Sport 09.02.2015, 14:27
Velotrek. Hamyurtimiz Timur Gumerov Osiyo chempioni!

Tailandda o`tkazilayotgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Timur Gumerov omium (ko`pkurash) bahslarida marra chizig`iga birinchi bo`lib etib keldi va qit`a chempionatining oltin medali bilan birga 2016 yili Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da o`tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o`yinlarining yo`llanmasi uchun muhim ochkolarni qo`lga kiritdi. Bu haqda olamsport.com nashri xabar beradi.

Ushbu musobaqada ikkinchi o`rinni Janubiy Koreya terma jamoasi a`zosi egallagan bo`lsa, uchinchi o`rin qozog`istonlik sportchiga nasib etdi. Yoshlar o`rtasida o`tkazilayotgan musobaqalarda Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan yana bir yurtdoshimiz Dilmurjon Siddiqov ham bronza medalini qo`lga kiritib, sovrindorlar safidan o`rin egalladi. Osiyo chempionati bahslari 14 fevralga qadar davom etadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1