Mustafoning Nodir Azimov qalamiga mansub “Yaxshimisan, ayt” deya nomlangan qo`shig`ini radiokanallar orqali muxlislar e`tiboriga havola etildi
Qo`shiq musiqasi xonandaning o`ziga tegishli bo`lib, xonandaning aytishiga muxlislar ushbu qo`shiqqa klip suratga olishni taklif qilishmoqda. Bundan tashqari Mustafo ustoz san`atkor Ortiq Otajonov repertuaridagi “Sensan sevarim” qo`shig`ini yangi musiqiy sayqal bilan qayta kuyladi. Tez orada qo`shiq radiokanallar orqali taqdim etiladi.
Darvoqe, yaqinda xonanda qiz farzandli bo`lib, yaxshi niyatlar bilan jajji mehmonga Sora deya ism qo`ydi.





