1

“O`ZBEKKINO” real voqealar asosida G`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan “Ilhaq” badiiy filmini ishlamoqda

Madaniyat 09.01.2020, 11:12
“O`ZBEKKINO” real voqealar asosida G`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan “Ilhaq” badiiy filmini ishlamoqda

“O`ZBEKKINO” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan “EZGU-FILM” studiyasi tomonidan suratga olinayotgan, II Jahon urushidagi G`alabaning 75 yilligiga bag`ishlangan “ILHAQ” tarixiy badiiy filmi real voqealar asosida ishlanmoqda.

Rejissyor Jahongir Ahmedov (https://t.me/uzbekkinopress/3465)ning ushbu yangi kartinasida Toshkent viloyatining Zangiota tumani, Xonobod qishlog`ilik Zulfiya aya Zokirova taqdiri xususida hikoya qilinadi. (https://t.me/uzbekkinopress/2582)

Zulfiya ayaning besh o`g`li: Xolmatov Isoqjon, Xolmatov Ahmadjon, Xolmatov Muhammadjon, Xolmatov Vahobjon, Xolmatov Yusufjonlar urushdan qaytmagan. 

Muhammadjon 1941 yilning iyulida, Ahmadjon undan bir oy keyin frontga ketadi. Kuzga borib Vahobjon bilan Yusufjonni ham kuzatishadi. Eng oxirida, 1944 yilning mart oyida Isoqjon jo`nab ketadi.

Birin-ketin hamma o`g`illaridan qora xat keladi. Aya ayniqsa kenjasi Yusufjon uchun qattiq kuyunib o`tgan ekan. Chunki faqatgina Yusufjon hali uylanmagan, undan zurriyod qolmagan edi. Qishloqdoshlardan kimningdir bolasidan qora xat kelsa, uni ”seni bitta bolang o`ldi, qaddingni tut, ana Zulfiya besh pahlavonidan ayrilib ham sabr qilayapti”- deb bir-birlariga taskin berisharkan.  Urushdan so`ng aya kelinlariga “hohlasanglar turmush qilinglar”- degan, ammo kelinlari rad qilishgan ekan. Kelinlar juda erta, yosh beva qolgan bo`lsalarda, bir umr erlariga sadoqatda, Zulfiya ayaning bag`rida yashab o`tishgan. 

Keyinchalik Zulfiya ayaning o`g`illaridan faqat ikkitasi xaqida ma`lumot chiqadi. Muhammadjon Xolmatovdan kelgan yo`qolgan «qora xat» topilib,  u 1945 yil 24 fevral kuni Polshaning Vembrandava rayonida halok bo`lgani va o`sha erga dafn qilingani, kenja o`g`il Yusuf Xolmatov esa tankchilar komandiri bo`lganligi, Leningrad qamalini yorib o`tish uchun bo`lgan janglarning birida tanki yonib ketib, og`ir yaralanganligi, gospitalda vafot etganligi ma`lum bo`ladi. Yusuf Xolmatov  Piskarev qabristoniga dafn etilgan ekan. 

"Ilhaq" badiiy filmi ushbu ayanchli taqdirlar haqida.

Jahongir Ahmedovning "Ilhaq" badiiy filmining bir qismi "Belorusfilm" bilan hamkorlikda suratga olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1