AsosiyDunyo

Parijda Charli Chaplinning ilk “Oskar”ini o`g`irlab ketishdi

Britaniya va AQShda mashxur bo`lgan rejissyor, aktyor Charli Chaplinning birinchi “Oskar”i noma`lum shaxslar tomonidan o`g`irlab ketilgan, deya xabar beradi Lenta.Ru Le Parisien gazetasi ma`lumotlari asosida.

Mutaxassislarning fikrlariga ko`ra, ushbu haykalchaning narxi 1 million evroni tashkil etadi. U Charli Chaplinning parijdagi ofisida saqlanayotgan bo`lgan.

Shuningdek, haykalcha bilan birga Chaplinga tegishli bo`lgan, har birining narxi 80 ming evroga teng bo`lgan bir qancha ruchkalar ham yo`qolgan. Tahminlarga ko`ra, o`g`irlikni sodir etgan shaxslar ofisdagi jihozlarning bahosini yaxshi bilishgan.

Eslatib o`tamiz, Charli Chaplin ikki bor, 1929 va 1972 yillarda “Oskar” mukofotini qo`lga kiritgan. Har ikki mukofot ham unga konkursdan tashqari holatda kinomatografiyaga qo`shgan ulkan hissasi uchun taqdim etilgan. Yarim asrlik faoliyati davomida u 100 dan oshiq filmlarda suratga tushishga ulgurgan. “Katta shaharning olovlari”, “Buyuk diktator” kabilar Charli Chaplinning eng mashxur rejissyorlik ishlari sanaladi.

OAV: Belgiyada Ebola virusini yuqtirganlikda shubxa qilingan shaxs kasalxonada yotqizildi

Kecha, 9 fevral kuni Belgiya kasalxonalarining biriga Ebola virusini yuqtirganlikda gumon qilingan shaxs joylashtirildi. U Gvineyadan o`z uyiga qaytib kelgan bo`lgan, deya yozadi RIA Soir nashri xabariga tayanib. Ma`lumotlarga ko`ra, u o`zini aeroportdayoq yomon his qila boshlagan. Ayni damda undan qon tahlili uchun namunalar olingan. Natijalar tez orada ma`lum bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar