Kinoaktyor Yigitali Mamajonov Moskvadagi ijodiy faoliyati haqida saytimizga bergan intervyusidan so`ng aksariyat muxlislar mazkur suhbatning kengaytirilgan shaklini taqdim etishni so`rab murojaat qilishdi.
Ushbu taklif va mulohazalarni inobatga olib Yigitali bilan qayta bog`landik va aksariyatni qiziqtirayotgan savollarni taqdim etib, javob olishga muvaffaq bo`ldik. Jumladan, Mamajonov O`zbekistonga qachon qaytib kelishi haqida so`z yuritar ekan, “Axir samolyot kabi transportlar bor-ku! Albatta qaytaman!” deb javob qaytardi va taxminiy muddatni ham ta`kidlab o`tdi.
Jurnalist Parviz Fattoevning “To`g`risi, sizdan Rayhon bilan oilaviy mojarolar haqida “Bularning hammasi yolg`on” degan javob olishni chin dildan istayapman” qabilidagi savoliga “Bu ham bir sinov, taqdirimda bor ekan nachora” deya javob qaytardi.
Farzandlarini qanchalik sog`ingani-yu ularning kelajagi haqida ham so`z yuritdi. Shaxsiy hayotini omma oldida oshkora qilishni istamaydigan Yigitali “O`zimni oppoq deya olmayman” deb aytdi.
Shuningdek “Rayhon xohlagancha baxtli hayotni bera olmadim. Balki bunga sabab...”, “Rostini aytsam shu kunga qadar hech qaysi obrazimdan ko`nglim to`lmagan...” kabi javoblarni ham tilga oldi.
Barcha oydinliklarni o`z ichiga olgan mazkur eksklyuziv suhbatning to`liq shaklini “Darakchi” gazetasining kelgusi sonida mutolaa qilishingiz mumkin.





