"O`zbekkino" milliy agentligi tomonidan davlat buyurtmasi asosida "101-reys" nomli badiiy filmni suratga olish ishlari tugallandi.
Rejissyor Akrom Shohnazarov tomonidan Nyu-Yorkdagi 11 sentyabr voqealariga uyg`un mavzuda suratga olingan bu asar O`zbekistonda suratga olingan ilk “film-katastrofa” deb baholanmoqda. Film-katastrofa ekstremal hodisa fonida yuz beradigan voqea aks etgan film hisoblanadi. Kinoasar ssenariysini Shohsanam Sufieva hamda Akrom Shaxnazarovlar yozishgan. Kartina “Ravshan Norbayev pictures” kinostudiyasi tomonidan suratga olindi.
Filmda O`zbekiston Qahramoni, jasur uchuvchi Zarxo`ja Saidazimovning 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-York shahrida sodir bo`lgan terakt sababli yuzaga kelgan halokatli vaziyatdagi jasorati haqida hikoya qilinadi. Film ijodkorlari bergan ma`lumotga ko`ra, 2001 yilda AQShning Nyu-York shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida Shimoliy Amerika havo hududi bir muddat ëpib qo`yildi. O`shanda 180 nafar yo`lovchini tashiëtgan "O`zbekiston havo yo`llari"ning "Boing-767" uchog`i 101-reys ekipaji muammoga yo`liqqan. Kartina ana shu muammo va unga echim topgan o`zbek uchuvchisining jasorati haqida. O`zbekiston qaxramoni Zarxo`ja Saidazimovning jasoratli obrazini taniqli aktyor Hoshim Arslonov ijro qilgan.
Film 2020 yilda tomoshabinlarga taqdim etilishi kutilmoqda.