Hozir xonanadlar orasida muxlislar ko`nglidan joy olgan qo`shiqlarni qayta kuylash odati urf bo`lgan.
Xonanda Otabek Muhammadzohid ham ustozi Oxunjon Madalievning “Nasibam” nomli mahzun taronasini qayta kuyladi. “Nasibam ” Otabek Muhammadzohid talqinida qanday jarang sochgani, yillar o`tib ham hamon o`zining dardli so`zlari, nolali musiqasi bilan xalqimiz dilida yashab kelayotgan ilk ijrosidan nimasi bilan farq qilganiga qo`shiqni tinglab baho berishingiz mumkin.





