1

Olimlar Erning uchinchi yadrosini aniqladi

Dunyo 11.02.2015, 09:22
 Olimlar Erning uchinchi yadrosini aniqladi

Amerikalik olimlar ta`kidlashicha, sayyoramiz yadrosi shu paytgacha aytib kelinganidek ikkita elementdan emas, balki uchta elementdan tarkib topgan, deb yozadi daryo.uz «Rossiyskaya gazeta»ga tayangan holda.

Shu paytga qadar ta`kidlab kelinishicha, mantiya ostida taxminan 2900 kilometr chuqurlikda geosfera joylashgan. U 2200 km radiusda suyuq tashqi yadro va 1300 km radiusda qattiq ichki yadrodan iborat. Qattiq yadro yuzasidagi harorat Selsiy bo`yicha taxminan 6000 darajaga tengdir.

Amerikalik olim Syaodun Sun va uning hamkasblari esa ushbu yadrodagi uchinchi qatlamni aniqladi. Ular er qa`rini kuchli zilzilalar chog`ida paydo bo`ladigan seysmik to`lqinlar orqali o`rgandi. Natijada ma`lum bo`lishicha, Erning ichki qattiq yadrosi ikki qismdan iborat, uning radiusi birinchisidan ikki marta kichikdir.

Ushbu kashfiyot keyingi tadqiqotlar davomida batafsil o`rganiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1