O`zbek estrada olamiga kirib kelgan va tez orada omma e`tiboriga bir qancha sifatli ijod mahsullarini taqdim etib, o`z muxlislar auditoriyasiga ega bo`la olgan xonanda Jasur G`oipov haqiqiy xit bo`ladigan, sifatli ijod ishlarini taqdim etishga jiddiy kirishgan, deb yozadi popcorn.uz.
Bunday deyishimizning albatta o`z sababi bor, xonanda kuni kecha o`zining butkul o`zgacha uslubda ijro etgan taronasiga klip suratga olish ishlarini yakunladi.
Xonanda 2015 yilda umuman boshqa yo`nalishda ishlash niyati borligini avvaldan ma`lum qilgan va o`z va`dasiga muvofiq muxlislariga umuman boshqacha, yuqori sifatli, avval hech kim ishlatmagan musiqiy tovushlardan foydalanib yaratilgan taronalarni taqdim etish istagida ekanlini aytib o`tgandi.
"Yoningda bo`lay" deb nomlangan taronaning matn va musiqasi Jasur G`oipovning o`ziga tegishli. Qo`shiqning mazmuniga keladigan bo`lsak, albatta sevgi, muhabbat, yigitning sevgilisidan uzoqdaligida qalbida paydo bo`ladigan bo`shliq...