1

O`zbekistonda ayol- parlamentariylar soni ikki baravar ko`paydi

Siyosat 11.01.2020, 20:21
O`zbekistonda ayol- parlamentariylar soni ikki baravar ko`paydi

Qonunchilik palatasiga bo`lib o`tgan saylovlar natijalariga ko`ra, ayollar soni 2014 yilga nisbatan ikki baravar ko`paydi - 150 deputatdan 48 nafari yoki saylanganlarning 32 foizi ayollardir. Shuningdek, xalq deputatlari mahalliy kengashlarida ayollarning o`rtacha vakilligi 25,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbaeva ma`lum qildi.

“Prezidentimiz siyosati tufayli biz ayollarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash siyosatini faol ravishda ilgari surib, gender masalalarini hal qila boshladik. Va bugungi kunda barcha sohalarda ayollarning roli tobora o`sib bormoqda.

Ayollar jasorat bilan o`zlarini tez rivojlanayotgan jamiyatimizning harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon qila boshladilar. Bugungi kunda mamlakat taraqqiyotini ayollar ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin, va buni ishonch bilan ayollar harakatining yangi bosqichga chiqishi deb atash mumkin.

Senat gender tengligini ta`minlash borasidagi tashabbuslarni, ayollarga nisbatan kamsitishlarni to`liq bartaraf etish bo`yicha aniq choralarni qo`llab-quvvatlashga tayyor.

Shu maqsadda Gender tengligi bo`yicha komissiya faoliyati yaqinda qabul qilingan ayollarimizning maqomini tartibga soluvchi qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni kuchaytiradi, bu esa ham davlat, ham jamoat tashkilotlarining sa`y-harakatlarini birlashtiradi", — deydi Narbaeva.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1