Devid Bekxem va YuNISEF hamkorlikda hayriya fondiga asos solishdi

Dunyo 11.02.2015, 11:40
Devid Bekxem va YuNISEF hamkorlikda hayriya fondiga asos solishdi

Kecha, 10 fevral kuni mashxur sobiq futbolchi Devid Bekxem va YuNISEF o`zaro hamkorlikda kasalliklar tufayli aziyat chekkan, ota-onasi tomonidan qarovsiz qoldirilgan, majburiy mehnatga jalb qilingan bolalarga yordam berishga mo`ljallangan hayriya fondiga asoso solishdi. Bu haqda spletnik.ru nashri xabar bermoqda.

Futbolchining fikrlariga ko`ra, ushbu hayriya fondi turi millat vakillari bo`lgan bolalarga moddiy yordam berish istagida ular uchunmablag` to`plash va ularning hayotini yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Futboldagi faoliyatimni yakunlagach, bo`sh vaqtimni hayrli ishlarga bag`ishlashga ahd qilganman. Qolaversa, farzandlarim men bilan fahrlanishlarini juda juda istardim,-deydi Devid Bekxem.

Yodingizda bo`lsa, Devid Bekxem "Manchester Yunayted"da 7 raqam ostida o`ynagan. Aynan shu asnoda YuNISEF va sobiq futbolchi Devid Bekxem asoso solgan ushbu hayriya fondi “7” nomini oldi. Ma`lumotlarga ko`ra, hayriya fondi o`z ishini Salvador, Papua-Yangi Gvineya va Svazidend mamlakatlaridan boshlaydi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1