AsosiySport

Mixael Shumaxer soliqlarni to`lamaganlikda ayblanmoqda

“Formula-1” poygalarida 7 karra jahon chempioni Mixael Shumaxerga soliqlarni to`lamaganlik bo`yicha ayblov e`lon qilinishi mumkin. O`tgan yili noyabr oyida Britaniya tartibni saqlash organlari “HSBC Private Bank”ni pullarni yashirishda ayblagandi.

Bank mijozlariga daromadlarni offshor kompaniyalar orqali yashirishga yordam bergandi. O`sha kompaniyalar Panama va Virgin orollarida qayd etilgan. 2005-07 yillar oralig`ida kompaniyaga 180 milliard evrodan ortiq mablag` o`tkazilgan.

Bir necha kun oldin sirli hisobga ega mijozlar ro`yxati aniqlandi. Unda Mixael Shumaxerning nomi ham bor. Bu haqda olamsport.com nashri xabar bermoqda. Shuningdek, Fernando Alonso va Xeykki Kovalaynen kabi poygachilar ham ro`yxatda mavjud. Shumaxerning o`zi ayni paytda og`ir jarohatdan keyin tiklanish jarayonini o`tamoqda.

    Boshqa yangiliklar