Yosh bolaga narkoz berish zararli emasmi? (Shifokorga savol bering)

Salomatlik 12.01.2020, 19:01
Teglar: shifokor, narkoz, savol
Yosh bolaga narkoz berish zararli emasmi? (Shifokorga savol bering)

Bugungi kunda o`z salomatligiga e`tiborli insonlar ko`payib borayotgani quvonarli holat. "Darakchi" gazetasining har sonida "Shifokorga savolim bor" rukni ostida muxlislardan kelgan savollarga mutaxassis shifokorlarning javoblari berib boriladi. Gazetaning 2020 yildagi 3-sonida "Narkozning yosh bolaga ziyoni yo`qmi?" "Oq dog`lar yuqumlimi?" "Quloq nega shang`illaydi?" "Tana harorati past bo`lishi kasallik alomatimi?" kabi bir qator savollarga shifokor terapevt Yorqinoy Toshpo`latova batafsil javob berdi: 

"Narkoz odamning asab tizimiga salbiy ta`sir ko`rsatadi deyishadi. Shu to`g`rimi? Hozir kichik bolalarda ham istisqo (vodyanka), churra va sunnat amaliyotlari narkoz ostida qilinadi. Bu ularning salomatligiga ta`sir qilmaydimi?”

Ekspert: Yorqinoy Toshpo`latova, terapevt

Abdulla, Toshkent tumani

–Agar narkoz bo`lmasa jarrohlik vositasida davolashning iloji bo`lmagan bo`lardi. Bu ayniqsa bolalar jarrohligida juda muhim. Darhaqiqat, bugungi kunda bolalarni operasiya qilishda nafaqat murakkab amaliyotlarda, balki kichik operasiyalarda, stomatologiyada va hatto diagnostika jarayonida ham qo`llanilmoqda. Bu ma`lum ma`noda asab tizimida iz qoldiradi, albatta. Ammo narkozsiz kuchli og`riq ta`sirida bola ruhiyaiga bundan ham ko`proq shikast etishi mumkin. Bunda bolada turg`un nevrotik reaksiyalar rivojlanishi xavfi bor. Masalan, kechasi qo`rqib uyg`onish, peshob tuta olmaslik va h.k.

Narkoz tibbiyot aralashuvi sifatida kompleks ta`sir ko`rsatadi. Bemorga narkoz amaliyot vaqtida og`riqni sezdirmaslik, sun`iy nafas oldirish, mushaklarni bo`shashtirish, tomir ichiga tomchi dorilar yuborish, ko`p qon ketmasligini nazorat qilish, amaliyotdan keyingi dastlabki noxushliklarni sezmasdan uyg`onishi uchun beriladi.

Ingalyasin, tomirga yuboriladigan, mushakka yuboriladigan narkoz turlari mavjud. Narkozning turini tanlash va qanday miqdorda berilishiga anasteziolog shifokor javob beradi. Agar u bemor kasallik tarixini o`rganib, narkoz turini va miqdorini to`g`ri tanlasa, narkoz bersa bola organizmiga ziyon etmaydi. 

Bundan tashqari, barcha tibbiyot vositalari dastlab klinik tekshiruvlardan o`tkazilib, keyin asoratsiz bo`lsa xavfsiz amaliyotga tatbiq etiladi. Hozirgi zamonaviy narkoz vositalarining muhim jihati ularning nojo`ya ta`sirlari kamligidir. Shu bois bir necha marta takror qo`llanganda ham sezilari xavf tug`dirmaydi.

Yuqoridagi savollarning javobini batafsil "Darakchi" gazetasining 2020 yil 3-sonida o`qishingiz mumkin. Shuningdek, agar shifokorlarga savollaringiz bo`lsa, gazetaning "Shifokorga savolim bor" rukni e`lon qilingan sahifada telegram va telefon manzilimiz ko`rsatilgan. Sizni qiziqtirgan savollarga mutaxassis javoblar gazetaning navbatdagi sonlarida berib boriladi. Bunda savol beruvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1