1

Markaziy bank axboroti: O`zbekistonda 2020 yil uchun inflyasiya prognozi qanday?

Iqtisodiyot 13.01.2020, 16:09
Teglar: Markaziy bank, prognoz, inflyasiya
Markaziy bank axboroti: O`zbekistonda 2020 yil uchun inflyasiya prognozi qanday?

O`zbekistonda 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozi 12 - 13,5 foiz darajasida belgilangan. Bu Markaziy bank ma`lumot berdi.

Markaziy bank raisining birinchi o`rinbosari Ilhom Norqulov aytishicha, yil davomidagi inflyasiya darajasi 15 foizgacha etishi ehtimoli ham yo`q emas.

«Bizda maqsadli va prognoz traektoriyalar bor. Prognoz traektoriyamiz biroz yuqoriroq, ayrim ssenariylar bo`yicha 2020 yilda 14-15 foizgacha boryapti. Lekin bizning maqsadimiz – bu yil inflyasiyani 12 foizdan past darajada ushlab turish, 2021 yilda esa bir xonali songa olib tushish, 2023 yilga borib esa 5 foizlik targetga erishish.

Bu maqsadli rejalar qandaydir tashqi shok holatlari ro`y bermasligi ehtimolidan kelib chiqib belgilangan. Qandaydir o`zgarish bo`lsa ham, bu qisqa muddatli og`ish hisoblanadi va biz yana maqsadli traektoriyaga qaytishga harakat qilamiz», – dedi Norqulov «O`zbekiston 2020» dasturidagi chiqishi vaqtida.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1