1

O`zbekiston oltin qazib olish bo`yicha dunyoda 7-o`rinni egalladi

Jamiyat 12.02.2015, 09:02
O`zbekiston oltin qazib olish bo`yicha dunyoda 7-o`rinni egalladi

AQSh geologiya xizmati dastlabki hisob-kitoblariga ko`ra, o`tgan yili O`zbekistonda 102 tonna oltin qazib olingan, deb yozadi «UZ24» Mining-journal.com nashriga tayanib.

2013 yilda O`zbekiston 98 tonna oltin ishlab chiqarib, ushbu ko`rsatkich bo`yicha dunyo mamlakatlari orasida sakkizinchi o`rinni egallagan bo`lsa, 2014 yilda 102 tonna bilan ettinchi pog`onani band etdi.

Dunyoda oltin qazib olish bo`yicha etakchi davlatlar beshligiga Xitoy, Avstraliya, Rossiya, AQSh va Peru kirdi.

O`zbekistonda oltin ishlab chiqarish bilan Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari shug`ullanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1