Afsonaviy Diego Maradona yuzini torttirish bo`yicha plastik jarrohlik operasiyasini o`tkazdi, deya xabar berdi PrimiciasYa portali, msa`lumotlari asosida kun.uz nashri.
54 yoshli argentinalik futbol afsonasi ko`zlari ostidagi qopchalardan xoli bo`ldi hamda yuz terisini lazerli yoshartirish amaliyotini o`tkazdi. Portalning ta`kidlashicha, Maradona o`zining yangi sevgilisi, 24 yoshli Rosio Olivadan ancha katta ko`rinmaslik uchun shunday yo`l tutgan.
Maradona bunday yangi, yoshargan qiyofada ilk bor Kubada ko`rinish berdi. Bu erda uning ishtirokidagi sport ko`rsatuvi tasvirga olinmoqda.





