1

Yosh o`zbek xokkeychisining Ovechkinni tabriklab qilgan murojaati javobsiz qolmadi

Sport 15.01.2020, 08:45
Yosh o`zbek xokkeychisining Ovechkinni tabriklab qilgan murojaati javobsiz qolmadi

 

Mamlakatimiz xokkey klubi — “Binokor” tarbiyalanuvchisi, ayni payt “Avtomobilist”ning o`smirlar tarkibi hisoblangan Sverdlovsk viloyati “Spartakoves” bolalar jamoasi a`zosi Salohiddin Azimov bayramlar munosabati bilan Milliy Xokkey Ligasi yulduzi Aleksandr Ovechkinga videomurojaat yo`lladi. Bu haqda O`zA xabar qildi.
Ahamiyatlisi, dunyoning eng mashhur xokkeychilaridan biri bu tabrikka javob berdi.
"Men siz, ​Aleksandr Ovechkinni eng sevimli sportchim – o`z kumirim deb bilaman. 8 raqamni tanlashim ham bejiz emas, chunki men doimo sizga o`xshashni xohlayman. Sizga baxt-saodat, oilaviy xotirjamlik, farovonlik tilayman. Yangi yil bayrami munosabati bilan men okean ortiga borishni va sizning afsonaviy “Vashington Kepitalz” jamoangiz ishtirokidagi o`yinni tomosha qilishni niyat qildim", deydi o`z maktubida o`zbek xokkeychisi.
Stenli kubogi sohibi, bir necha bor jahon chempionati g`olibi yosh o`zbek hujumchisining so`zlarini e`tiborsiz qoldirmadi, unga javob video murojaatini yo`lladi.
"Salom, Salohiddin! Men ham seni chin yurakdan tabriklayman. Senga hayotda va sportda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman", – degan Ovechkin.
Darvoqe, “Binokor” o`yinchisi bundan avval ham jahonga tanilgan sport yulduzlari bilan muloqotda bo`lgan. U, jumladan, afsonaviy Pavel Bure bilan ham uchrashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1