AsosiyDunyo

Angliyada simyog`ochlar "raqsga tushdi" (video)

Mazkur video shimoliy Angliyadagi “M62” avtomagistralida tasvirga olingan bo`lib, unda kuchli shamol natijasida tebranib turgan ustunlar aks etgan.

Liverpuldan Kingston-apon-Xalla shahrigacha bulgan shosseda harakatlangan avtomobillar haydovchilarini tabiat injiqliklari xavotirga solgan. Haydovchilar tinmay esayotgan kuchli shamol natijasida tebranib turgan ustunlarning sinib ketishidan qo`rqqan. Biroq yaxshiki bu holat yuz bermagan.

Hazilkash internet foydalanuvchilari esa mazkur ustunlarga “raqsga tushuvchi simyog`ochlar” deb nom bergan.

    Boshqa yangiliklar