“Jonimga ozor” nomli sho`x va kayfiyatni ko`taruvchi qo`shiq, xonandaning avvalgi taronalaridan yo`nalish bo`yicha butkul o`zgacha tarzda yaratilgan.
Xonanda Iroda Iralieva bilan yaratgan duetlari xit darajasiga ko`tarilgandan so`ng yakkaxon ijodiga ko`proq e`tiborini qaratayotgan Umar Shamsiev yana bir nechta yangi qo`shiqlar ustida ishlamoqda.
“Jonimga ozor” kompozisiyasining so`zi va musiqasi Bahodirga tegishli, aranjirovkasini Umid bajargan. Xonandaning bizga etkazgan ma`lumotiga ko`ra, yaqin kunlarda mazkur ijod namunasi uchun videoklip suratga olish ishlari boshlab yuboriladi.
popcorn.uz





