“Shaqildoq” qo`shig`i bilan barchaning ko`nglidan joy olgan xonanda Shohsanam 6 yillik tanaffusdan so`ng, ijodga qaytdi!
Xonanda 6 yil davomida oilada farzandlar tarbiyasi va tadbirkorlik bilan band bo`ldi. Lekin san`at va ijodni bir zum ham unutmadi...
Endilikda san`atga qaytgan xonanda yangicha shijoat bilan ijodga kirishdi! Uning yangi qo`shiqlari tayyor bo`lish arafasida! Shuningdek, xonanda yangi musiqiy albom ustidagi ishlarni ham boshlab yuborgan!
Yaqin kunlarda uning “Shahzodam” qo`shig`iga klip suratga olinadi!
Hozirda Shoxsanamning o`g`li Bek ham, san`atga qadam qo`ymoqda! Albatta, ularning birgalikda kuylagan duet qo`shig`i ham Shoxsanamning yangi musiqiy albomidan o`rin olishi kutilmoqda!
Shohsanamning ijodiga oid yana boshqa ma`lumotlarni esa, shohsanam.uz saytidan olishingiz ham mumkin.





