1

72 - maktabning yopilishi hukumat tomonidan rasman tasdiqlandi

Jamiyat 16.02.2015, 11:25
72 - maktabning yopilishi hukumat tomonidan rasman tasdiqlandi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Xalq Ta`limi Muassasalari faoliyatini metodik ta`minlash va tashkil etish bo`limi 72-sonli umumta`lim maktabining binosi Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti ixtiyoriga o`tishini tasdiqladi, deya xabar bermoqda uz24.uz nashri.

Bundan avval 72-maktab o`quvchilarining ota-onalari tomonidan Facebook dagi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga Yakkasaroy TXTMFMTTEB ga taqdim etilgan rasmiy xat joylashtirilgan edi. Unda mazkur maktab o`quvchilari va pedagogik jamoasini 73-sonli maktabga ko`chirish to`g`risida so`z borgan.

Toshkent shahar hokimining 2015 yil 9 yanvardagi 10-sonli qaroriga asosan, ushbu maktabning bino va inshootlari Toshkent shahar pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti balansiga o`tkazish belgilandi. Shu sababli 351 nafar o`quvchi tahsil oladigan 72-maktab jamoasi 73-maktabga ko`chiriladi. Ota-onalarning istaklarini inobatga olgan holda o`quvchilar yaqin hududda joylashgan Yakkasaroy tumanidagi 89-, 91-, 160-sonli hamda Mirobod tumanidagi 110-sonli maktablarda o`qishni davom ettirishlari mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1