1

Endi standartlar ekspertizadan bepul o`tkaziladi

Iqtisodiyot 20.01.2020, 18:59
Teglar: standart, bepul
Endi standartlar ekspertizadan bepul o`tkaziladi

“O`zstandart” agentligi tomonidan O`tgan chorakda jami 450 million so`mlik 590 ta tashkilot standartlari ekspertizadan bepul o`tkazildi. Bu borada agentlik rahbariyati “Tadbirkorlik sub`ektlariga qulaylik yaratish va tashkilot standartlarini ekspertizadan o`tkazish jarayonining shaffofligini ta`minlash to`g`risidagi” buyruqni imzolagan, deb xabar berdi Standartlar instituti matbuot xizmati.
 

Shuningdek, xabarda aytilishicha institut tomonidan o`tgan 2019 yilda jami 810 ta standartlar ekspertizadan o`tkazilib, 522 tasi davlat ro`yxatiga kiritilgan.

Standartlar instituti tomonidan standartlar ekspertizasi uchun taqdim etilgan 87 ta,jumladan, elektrotexnika mahsulotlariga oid – 39 ta, oziq-ovqat mahsulotlariga oid – 21 ta, qurilish mahsulotlariga oid – 5 ta, veterinariyaga oid – 9 ta, kimyo sanoatiga oid – 7 ta, polimer mahsulotlariga oid – 6 ta tashkilot standartlari (Ts) amalda texnik reglamentlar (UzTR), davlatlararo standartlar (GOST) va davlat standartlari (Oʻz DSt) mavjudligi uchun davlat ro`yxatidan o`tkazishga muvofiq emas deb topildi, bu esa o`z o`rnida, bir turdagi mahsulotlarga takrorlanuvchi standartlar ko`payishini oldini oldi.

Tadbirkorlar faoliyatini qo`llab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida 500 ga yaqin tashkilot standartlari (Ts) o`rniga tegishli quyidagi mahsulotlar uchun 5 ta davlat standartlari (Oʻz DSt) loyihalari ishlab chiqildi va davlat ro`yxatiga olindi:

Oʻz DSt 3396:2019 Idish-tovoq yuvish uchun vosita. Texnikaviy shartlar – 92 ta tashkilot standarti o`rniga;
Oʻz DSt 3397:2019 Qovurilgan pistalar, yong`oqlar va no`xat. Texnikaviy shartlar – 145 ta tashkilot standarti o`rniga;
Oʻz DSt 3398:2019 Sanitariya-gigienik maqsadlar uchun mo`ljallangan qog`oz va qog`oz mahsulotlari. Texnikaviy shartlar – 88 ta tashkilot standarti o`rniga;
Oʻz DSt 3399:2019 Qurtlar. Texnikaviy shartlar – 92 ta tashkilot standarti o`rniga;
Oʻz DSt 3400:2019 Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar – 112 ta tashkilot standarti o`rniga.

Texnikaviy shartlar – 51 ta tashkilot standarti o`rniga davlat standartlari ishlab chiqilib, ayni shu yuzadan agentlik qarori loyihasi tayyorlangan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1