1

Samarqandda 2019 yilda qariyb 330 milliard so`mlik elektr energiyasi etkazib berilgan

Iqtisodiyot 21.01.2020, 10:43
Samarqandda 2019 yilda qariyb 330 milliard so`mlik elektr energiyasi etkazib berilgan

Samarqand shahrida 2019 yilda jami 329,9 milliard so`mlik elektr energiyasi etkazib berilgan bo`lib, shundan 304,1 milliard so`m mablag` undirilgan yoki tovar mahsulotiga nisbatan 92,1 foizga bajarilgan. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lumki, Samarqand shahri respublikamizning aholi eng ko`p elektr energiyasi iste`mol qiladigan hudud hisoblanadi. Ayniqsa, so`nggi yillarda shaharga mahalliy va xorijiy turistlar oqimining ko`payishini hisobga olsak, shahar infratuzilmasi hamda xizmat ko`rsatish tarmog`ining rivojida elektr energiyasining nechog`lik muhimligini anglash qiyin emas. Shu sababli sohada olib borilayotgan islohotlarni aynan Samarqand shahrida olib borish ustuvor masala hisoblanadi.

Shunday bo`lsada, yaratilgan shart-sharoitlarga qaramasdan, Samarqand shahar elektr ta`minoti korxonasi rahbariyati tomonidan tizimda bir qator kamchiliklar aniqlandi. Xususan, hududda debitor qarzdorlik 2020 yilning 1 yanvar holatiga 111,6 milliard so`m bo`lib, shundan aholining bu boradagi qarzdorligi 94,9 milliard so`mni tashkil etadi. 

Shahar iste`molchilariga ASKUE tizimiga ulangan zamonaviy hisoblagichlar o`rnatilishiga qaramasdan, tizimni ishlatish, debitor qarzdorlikning oshishi bo`yicha hamda yo`l qo`yilgan qator kamchiliklari uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tomonidan Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari faoliyatiga tanqidiy baho berilib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Uning o`rniga ko`p yillik energetika sohasida tajribaga ega bo`lgan, energetika faxriysi, ko`krak nishon egasi, avvalari “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ texnik direktori lavozimida ishlagan, hozirgi kunda texnik direktor o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Komiljon Oqilov Samarqand shahar elektr ta`minoti korxonasi rahbari etib tayinlandi va Siyob, Temiryo`l, Bog`ishamol hududlari tugatilib, iste`molchilar bilan hisob-kitobi bo`yicha yagona Samarqand shahar elektr ta`minoti tizimi yaratildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1