Kecha, 15 fevral kuni Monakoda Ferrero qandolat konsernining rahbari, Nutella, Ferrero Rocher, Nutella, Kinder va Tic Tac kabi butun dunyoga sevimli bo`lgan shirinliklarni yaratgan inson Mikele Ferrero 89 yoshida vafot etdi.
1957 yili Mikele Ferreroning otasi Mikele Petro Ferrero tomonidan asos solingan Ferrero Group qandolat konserni Ferrero Rocher, Nutella, Kinder va Tic Tac kabi brendlarga ega. Ayni damda ushbu konsernni Mikele Ferreroning o`g`li Mikele Ferrero Jovanni boshqarmoqda.
Forbes jurnali Mikelening moliyaviy holatini 23 mlrd. AQSh dollari miqdorida deb baholamoqda.





