AsosiyDunyo

Italiyadagi mashxur sirkda itlar panda qilib ko`rsatilgani ma`lum bo`ldi

Chau-chau zotiga mansub bo`lgan itlarning tashqi ko`rinishi xuddi pandalarni eslatadi. Rangi va dum qismi, to`rt oyoqlab tez yura olishi ularni pandalardan ajratib turadi, deyish mumkin. Italiya sirklarining birida bundan "unumli" foydalanishdi. Italiyaning Breshia shahri polisiyasi sirk tarkibida mavjud bo`lgan itlarni panda sifatida odamlarga namoyish qilinganini aniqlashdi.

“Orfey” nomli sirk vakillari itlarni bo`yoqlar yordamida panda ko`rinishiga keltirishgan va sirkka kelgan tomoshabinlarning ular bilan suratga tushishga taklif qilishgani ma`lum bo`ldi.

Ayni damda chau-chau zotiga mansub har ikki it ham o`z egalaridan olib qo`yilgan. Ularning umumiy ahvoli yaxshi, biroq ko`zlari qizargan. Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda, bu ularni bo`yashda ishlatilgan bo`yoqlar va suratga olish apparatlaridagi nur chiroqlarning ta`siri bo`lishi mumkin.

Polisiya itlarning Vengriyadan noqonuniy yo`l bilan keltirilgani, sirk rahbarlariga nisbatan hayvonlarga beshafqatlik bilan munosabatda bo`lgani, shu bilan birga, it-pandalarning xujjatlaridagi yolg`on kiritmalar kiritilgani borasidagi ayblovini qo`yib, ularning ishini sudga oshirmoqchi. 

    Boshqa yangiliklar