AsosiyIqtisodiyot

«O`zavtosanoat» tarmoqlararo Cooperation Lab hamkorlik forumini tashkil qildi

'«O`zavtosanoat» tarmoqlararo Cooperation Lab hamkorlik forumini tashkil qildi'ning rasmi

23 yanvar kuni «O`zavtosanoat» AJ UzAuto Market innovasion maydonchasida 500 ga yaqin uskuna, butlovchi qismlar va xom-ashyo materiallari ishlab chiqaruvchi korxona vakillari, tadbirkor hamda o`zaro hamkorlikdan manfaatdor shaxslar ishtirokida tarmoqlararo Cooperation Lab hamkorlik forumi o`tkazildi. Bu haqda UzAuto Motors Axborot xizmati xabar berdi

Forumda so`z olganlar Cooperation Lab hamkorlik platformasining maqsad-vazifalari, uning kelgusidagi faoliyati, avtomobilsozlik sanoatining rivojlanish strategiyasi hamda butlovchi qismlar importi, sohaning ayni kundagi salohiyati va imkoniyatlari, shuningdek, hozirgi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mavjud imkoniyatlari, qolaversa, kelgusida samarali hamkorlikni yo`lga qo`ymoqchi bo`lganlar uchun o`zaro manfaatli taklif va imtiyozlar haqida batafsil ma`lumot berishdi. 

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, «O`zavtosanoat» tizimida zarur uskuna va xom ashyolarni mahalliylashtirish darajasi 50 foizga etadi. Qolgani esa xorijdan import qilinadi. Bu ko`rsatgichni 2022 yilga qadar 80 foizga etkazish maqsad qilingan. Bugungi kunda O`zbekiston Markaziy Osiyoda barcha turdagi avtomobillar va tijorat transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir. Hozirgi kunda sohada 80 dan ziyod korxonalar faoliyat ko`rsatmoqda, shuningdek, 200 dan ortiq xorijiy sheriklar bilan hamkorlik o`rnatilgan.

Forum ochiq muzokaralar va qiziqarli savol-javoblarga boy bo`ldi. Yig`ilganlar uchun avtomobil bozoriga olib kiriladigan butlovchi qismlar, xom ashyo va materiallar ko`rgazmali tarzda namoyish etildi. Tadbir so`ngida ishtirokchilar uchun kofe-breyk tashkil etildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar