Shahzoda Charlz bunday o`ttiz to`rt yil muqaddam Kamilla Parker Boulzga bo`lgan muhabbati bois, Diana Spenserni mehrob oldidan ortga qaytarishiga oz qolgandi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning o`g`li to`yga bir kun qolganda fikridan aynib qolgan. Charlz va Diananing to`ylari bekor qilinishiga bir bahya qolgan. Bu haqda Charlzning norasmi solnomachisi Ketrin Mayer yaqinda ma`lum qildi.
Uning ta`kidlashicha, Uels shahzodasi so`nggi lahzaga qadar o`z umr rishtasini Diana bilan bog`lashga ikkilangan. To`ydan bir kun avval esa, hammasiga nuqta qo`yishgan chog`langan, deya xabar qiladi Daily Mail. Go`yoki Charlz o`z mulozimlaridan biriga “juda asabiylashayotgani va afsusda ekni”ni aytgan.
Hech kimga sir emaski, Shahzoda Charlz va Malika Diana tanishganlaridan besh oy o`tib, unashtirilgan. U Diana haqida “o`ta g`agin va murakkab atvorli qiz” deya xulosaga borgan va ioali ayol Kamillaga ko`ngil qo`ygan.





