1

Toshkentda moda mutaxassilarini tayyorlovchi markaz rahbarining kirdikorlari fosh bo`ldi

Jamiyat 25.01.2020, 14:57
Toshkentda moda mutaxassilarini tayyorlovchi markaz rahbarining kirdikorlari fosh bo`ldi

Moda sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash bahonasida noqonuniy daromad orttirgan korxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda "darkchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan bir necha fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash to`g`risidagi murojaatlariga asosan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi «M.R.» MChJ rahbari Z.T. va boshqalar jamiyat qoshida moda sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ochilgan o`quv-markazi faoliyatini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish orqali fuqarolarning ishonchiga kirgan.

Fuqarolarni shu yo`l bilan jalb qilib, Fransiya davlati kiyim tikish texnologiyasi asosida tikuvchilik va boshqa kasblarni o`rgatish hamda o`qishni bitirgandan keyin «M.R.» MChJga ikki yil majburiy ishlab berish sharti bilan 54 nafar fuqarolardan o`rtacha 6 mln. so`mdan 11,7 mln. so`mgacha pul mablag`larini go`yoki o`qish to`lovi sifatida qabul qilib olgan.

Biroq, ularni shu kunga qadar ish bilan ta`minlamasdan, jami 624,5 mln. so`m pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan «M.R.» MChJ rahbari Z.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1