1

Astronavtlar kosmosda egulik tayyorlashga mo`ljallangan pechni sinab ko`rishdi

Hi-tech 26.01.2020, 16:52
Teglar: kosmos, pechene
Astronavtlar kosmosda egulik tayyorlashga mo`ljallangan pechni sinab ko`rishdi

Astronavtlar Kristina Kox va Luka Parmitano kosmosda pechene pishirgan birinchi kishilar sifatida tarixga kiradi. Ularning vazifasi mikrogravitasiya sharoitlarida egulik tayyorlashga mo`ljallangan pechni Xalqaro kosmik stansiyada sinab ko`rish edi. Bu qurilma uzoq kosmik parvozlar vaqtida asqotishi mumkin, deb yozmoqda Meduzaga tayanib Daryo.

Dekabr oyining oxirida, Rojdestvodan oldin Kox va Parmitano beshta pechene tayyorlagan. Biroq ular pechenelarni eya olmagan, ularni SpaceX kapsulasida Erga jo`natish kerak bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, kosmosda pechene tayyorlash uchun Erdagidan ko`proq vaqt kerak bo`ladi. Erda mazkur pecheneni tayyorlash Selsiy shkalasi bo`yicha 150 daraja haroratda 20 daqiqa vaqt oladi.

Birinchi kosmik pechene pechda taxminan 25 daqiqa ushlab turilgan, biroq xamir pishmasdan chiqqan. Ikkinchi pechene esa 75 daqiqaga pechga qo`yilgan. U yaxshiroq bo`lgan, biroq unda ham kamchilik bo`lgan. To`rtinchi va beshinchi pechenelar ko`rinishi jihatdan eng omadlilari deb tan olingan, ular 120 va 130 daqiqa pishirilgan. Yangi pishgan pechene hidi birinchidan tashqari barcha pechenelarda bo`lgan.

Ichida pechenelar bo`lgan SpaceX kapsulasi Erga 7 yanvar kuni etib kelgan, biroq tajriba natijalari ikki haftadan so`ng e`lon qilindi. Kosmosda pishirilgan pechene eyish zararli yoki zararli emasligini aniqlash uchun mahsulot laboratoriyada chuqur o`rganilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1