AsosiySport

Baxtiyor Ashurmatov O`zbekiston olimpiya (U-23) terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi

Namanganning «Navbahor» klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko`rsatib kelayotgan Baxtiyor Ashurmatov O`zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda olympic.uz nashri xabar beradi.

Ma`lumot o`rnida, O`zbekiston olimpiya terma jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov Talandda bo`lib o`tgan «Qirol Kubogi» bahslaridan so`ng o`z vazifasidan ozod etilgan edi. 

"Navbahor" klubi bosh murabbiyi, shuningdek O`zbekiston milliy terma jamoasida Mirjalol Qosimovga assistentlik qilib kelgan Baxtiyor Ashurmatov endilikda olimpiya terma jamoasini U-23 yoshlar o`rtasidagi Osiyo Chempionatiga tayyorlaydi. Mazkur yosh toifasidagi Osiyo Chempionati saralash bahslari 23-31 mart kunlari Bangladeshda bo`lib o`tishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar