AsosiyShou-biznes

Shuhrat Zakirovdan “qish”... klipi (video)

Taniqli kompozitor, bir qancha xit qo`shiqlar muallifi Shuhrat Zakirovning yaratgan kompozisiyalariga ishlangan videokliplarni tomosha qilarkansiz, musiqaning inson hayotiga ijobiy ta`siri, har qanday vaziyatlarda yoqimli kuy qalblarga huzur bag`ishlay olishi, ijodkorning mahoratini ko`rsatdi. Bu haqda popcorn.uz xabar beradi.

Bugun e`tiboringizga havola etilayotgan videomahsulot kompozitorning qish mavsumiga hamohang holda yaratilgan musiqasi uchun tasvirga olingan.

Shuhrat Zokirovning aytishicha, aslida, bu tarona uchun ancha avval video suratga olinishi lozim edi. Ammo, ob-havo bilan bog`liq muammolar, ya`ni kunlar ilib, qor yog`ishini kutgan ijodkorlarning ishi biroz ortga surildi. Sun`iy qordan foydalanmagan holda haqiqiy qor yog`ishini kutgan kompozitor uchun muhimi musiqa bilan videoklipdagi lavhalar uyg`unligi ekanini, aytib o`tdi.

Royal chalayotgan ijodkor sharqona ohanglarga yo`g`rilgan musiqa sehri ostida beihtiyor tabiat qo`yniga hayolan sayohat qiladi. Ona zaminimizning qish faslida o`ziga xos go`zallikka bezangani, tabiatning taqdim etgan in`omlari klipdagi kadrlarda mo``jizaviy ko`rinish aks ettirgan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar