Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi birinchi turini Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o`tkazadigan “Lokomotiv” kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga yo`l oldi. Bu haqda lokomotiv.uz xabar beradi.
Jamoa u erda o`z mashg`ulotlarini o`tkazib, bo`lajak o`yinga tayyorgarlik jarayonini olib borishadi. “Al-Hilol”ga qarshi o`yin 25 fevral, Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.





