Bu yigitni yurtimizda tanimagan odamni qolmadi, hisob. Qisqa vaqt ichida tanilib, turli sohalarda o`z mahorati, bilimi va tajribasini ko`rsatishga ulgura oldi. Biroq keyingi paytlarda uning ko`rinmay qolishi turli gap-so`zlarga sabab bo`lgani ham sir emas. Hozir Yigitali Moskvada, yangi ijodiy rejalarni amalga oshirish bilan band. Biz ijtimoiy tarmoq orqali u bilan bog`lanib, suhbatlashishga muvaffaq bo`ldik.
- Oilaviy mojarolaringiz shov-shuv bo`lgani hech kimga sir emas. To`g`risi, sizdan “bularning hammasi yolg`on” degan javob olishni chin dildan istayapman...
- Oilam haqida ko`p gapirmoqchi emasman. Bu shaxsiy ish. Ammo bir gapni aytishim mumkinki, bu ham bir sinov, taqdirda borini ko`ramiz.
- Farzandlaringizni oxirgi marotaba qachon ko`rdingiz? Sog`ingandirsiz?..
- Islombek va Imronbeklarni judayam sog`indim. Ko`rmaganimga ham ancha bo`lib qoldi. Sog`inch hissini boshidan o`tkazgan odamgina meni tushunadi: uni so`z bilan ta`riflab berolmayman.
Ushbu intervyuni to`liq holda “Darakchi” gazetasining 8-sonida o`qishingiz mumkin.
Obuna indeksi: 424





