1

SamAuto'ning O`zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi

Iqtisodiyot 29.01.2020, 11:31
SamAuto'ning O`zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi

2020 yilning yanvar oyida O`zbekistonda birinchi ISUZU D-Max pikaplari sotuvi boshlandi. SamAuto yangi avtomobillari lineykasi taqdimoti 2019 yilning noyabr oyida bo`lib o`tdi.

2019 yilning noyabr oyida SamAuto kompaniyasi tomonidan ISUZU D-Max pikaplari taqdimoti o`tkazildi va oldindan buyurtmaning ochilishi haqida e`lon qilindi. Avtomobillar 3 ta modifikasiya va 7 ta rangda taqdim etilgan bo`lib, narxi 270 milliondan 380 milliongacha so`mni tashkil etadi.

Joriy yilning 20 yanvaridan 24 yanvariga qadar SamAuto zavodi yangi avtomobillarni birinchi marta yuklab jo`natdi. Birinchi turkum 9 ta pikapdan iborat bo`ldi. Xaridorlar avtomobilning ikki qatorli kabina, 4 ta yo`lovchilar o`rindig`i, hajmi 3 litrlik dvigatel va avtomatik uzatish qutisi bilan jihozlangan D-MAX IRBIS modifikasiyasini afzal ko`rdilar. D-MAX IRBIS ning yuk ko`tarish qobiliyati 865 kilogrammni tashkil etadi.

O`zbekistonda pikaplar realizasiyasi bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan 8 ta dilerlik markazlari shug`ullanmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1